Igor Shkvirin Pro-liga klubini qabul qilib oldi

Igor Shkvirin Pro-liga klubini qabul qilib oldi
O‘zbekiston Pro-ligasida ishtirok etadigan Termizning "Surxon" klubi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliyev iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, uning o‘rnini "Olmaliq" va "So‘g‘diyona" klublarining sobiq ustozi - Igor Shkvirin egalladi.

Ma’lumot uchun, "Surxon" 15-turdan so‘ng Pro-liganing "A" guruhida 26 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar