19:53 / 20.06.2018
4 103

JCh-2018. Ronalduning goli Portugaliyaga Marokash ustidan g‘alaba keltirdi (video)

JCh-2018. Ronalduning goli Portugaliyaga Marokash ustidan g‘alaba keltirdi (video)
Rossiyada o‘tayotgan jahon chempionati «B» guruhi doirasidagi Portugaliya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Uchrashuv taqdirini Ronalduning 4-daqiqada bosh bilan kiritgan yagona goli hal qildi. Burchak to‘pidan so‘ng jarima maydoniga uzatilgan to‘pni Krishtianu darvozaga aniq yo‘lladi.

Ushbu gol o‘yindagi yagonaligini saqlab qoldi va Portugaliya guruh peshqamdiligini qo‘lga oldi. Guruhning ikkinchi o‘yini Eron hamda Ispaniya terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.

Jahon chempionati
«B» guruhi, 2-tur bellashuvi
Portugaliya—Marokash 1:0
Gol:
1:0 — 4 Ronaldu.
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Moutinyu, Vilyam Karvalyu, Gonsalu Gedesh, Bernardu Silva (Jelson Martinsh, 59), Joau Mariu (Brunu Fernandesh, 70), Ronaldu.
Marokash: Muhammadi, da Koshta, Benatiya, Hakimi, Dirar, Belhanda (Karsela-Gonsales, 75), Bussufa, Ziyesh, El-Axmadi, Amrabat, Butaib (al-Kaabi, 69).
Ogohlantishlar: Benatiya (40), Silva (90+2).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018. Ronalduning goli Portugaliyaga Marokash ustidan g‘alaba keltirdi (video)