3 774
Jahon chempionatida 8-o‘rinni egallagan Rossiya terma jamoasi futbolchilari taqdirlandi (foto)
Rossiya prezidenti Vladimir Putin terma jamoa futbolchilari va murabbiylari shtabini taqdirladi.
Bosh murabbiy Stanislav Cherchesov eng oliy Aleksandr Nevskiy ordeni bilan, ikki nafar futbolchi — darvozabon Igor Akinfeyev va himoyachi Sergey Ignashevich — Hurmat ordeni bilan taqdirlanishdi.
Terma jamoaning qolgan a’zolari faxriy yorliqlar bilan mukofotlandilar.
Kremlning Yekaterina zalida o‘tkazilgan tadbir so‘nggida futbolchilar Putinga to‘p va 11-raqamli futbolkani sovg‘a qilishdi.
Avvalroq, shanba kuni Sport vazirligida Rossiya terma jamoasining barcha a’zolari xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, murabbiylar esa xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvoniga ega bo‘lishgandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi jahon chempionatida o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etib, 8-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi