
Pepsi Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "AGMK" – "Qizilqum" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. OKMK stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
14-daqiqada Zafar Polvonov mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 31-daqiqada Jasur Hasanov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib, Jamshid Hasanov hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Shu tariqa, AGMK ochkolarini 23taga yetkazib olgan oldi va “Qizilqum” bilan oradagi farqni uch ochkoga yetkazdi.
Pepsi Superliga, 20-tur
AGMK - "Qizilqum" 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 14 Polvonov, 2:0 – 31 Hasanov, 3:0 – 68 Hasanov.
AGMK: 12. Roman Abdulov, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 6. Azamat Isroilov, 8. Muzaffar Muzaffarov (21. G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 70), 9. Zafar Polvonov, 11. Jasur Hasanov, 13. Lutfulla To‘rayev (70. Oybek Qilichev, 83), 14. Zohir Pirimov (71. Jamshid Hasanov, 58), 15. Vladimir Bubanya, 19. Vladislav Kosminin, 23. Yovan Jokich.
“Qizilqum”: 22. Artyom Makosin, 4. Erkin Boydullayev (s), 11. Doniyor Usmonov (10. Alisher Sanoyev, 87), 14. Fayzulla Qambarov, 21. Muhsinjon Ubaydullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili, 50. Eldor Boymatov (17. Artur Gevorkyan, 65), 84. Nemanya Yovanovich (18. Samandar Shodmonov, 76), 88. Ivan Nagayev, 91. Salim Mustafoyev.
Ogohlantirishlar: Mustafoyev 33, Jo‘rayev 35.
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar