AFA Sautgeytga maosh ko‘tarilgan yangi bitim taklif qiladi

AFA Sautgeytga maosh ko‘tarilgan yangi bitim taklif qiladi
Angliya futbol assotsiatsiyasi milliy jamoaning JCh-2018dagi ishtirokidan mamnun va bosh murabbiyi Garet Sautgeytga yangi bitim taklif qilmoqchi.

Yangi bitimda mutaxassisning maoshi oshadi. Hozirgi kelishuv bo‘yicha Sautgeyt yiliga 2 mln. funt ishlab topadi.

Sautgeytning FA bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha belgilangan. Assotsiatsiya mutaxassis bilan bitimni JCh-2022gacha uzaytirmoqchi.

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar kelasi hafta, Sautgeyt ta’tildan qaytganida boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi JCh-2018da 4-o‘rinni egallagan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar