Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.
Mazkur so‘rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali qabul qilindi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Andrey Fyodorovni murabbiy va sardorlarning 13 nafari 1-pog‘onaga joylashtirdi. Qolaversa, muxlislar o‘rtasida PFL saytida o‘tkazilgan ovoz berishda ham aynan Fyodorov eng ko‘p ovoz oldi va qo‘shimcha 6 ochkoga ega bo‘ldi.
Mirjalol Qosimov esa 9 nafar murabbiy va sardorlar tomonidan 1-o‘ringa joylashtirildi. Muxlislar Qosimovni 2-o‘ringa loyiq ko‘rishdi. Shota Arveladze esa qolgan nomzodlardan kamroq ovoz to‘pladi.
Shu o‘rinda qayd etish joizki, Mirjalol Qosimov dastlabki 2 o‘ringa ikki raqobatchisini joylashtirdi va 3-o‘ringa o‘z nomzodini ko‘rsatib o‘tirmadi. “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze esa qolgan nominatsiyalarga ovoz berib, Eng yaxshi murabbiylarga ovoz berishni lozim topmadi.
Quyida kim kimga ovoz bergani bilan tanishib olishingiz mumkin:
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi