Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avgust oyining oxirgi haftasida Toshkentda yig‘in o‘tkazishi rejalashtirilgan. Yangi bosh murabbiy Ektor Kuper uchun bu dastlabki yig‘in bo‘ladi.
Uff.uz sayti ushbu yig‘inda ishtirok etadigan futbolchilar haqida ma’lumotlar oldi. Hozircha tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda argentinalik murabbiy 30 futbolchini sinovdan o‘tkazadi. “Lokomotiv”dan 11 nafar, “Paxtakor”dan 7 va “Bunyodkor”dan 4 futbolchi yig‘inda ishtirok etadi.
Shuningdek yana olti nafar legioner ham terma jamoa yig‘inida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
“Lokomotiv”dan: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Sadriddin Abdullayev, Sardor Mirzayev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sardor Rashidov, Sanjar Shoahmedov, Temurxo‘ja Abduholiqov, Marat Bikmayev.
“Paxtakor”dan: Eldor Suyunov, Igor Sergeyev, Akmal Shorahmedov, Yegor Krimes, Sherzod A’zamov, Farrux Sayfiyev, Vladimir Kozak.
“Bunyodkor”dan: Murod Zuxurov, Javlon Ibrohimov, Sardor Sobirxo‘jayev, Aziz Haydarov.
Legionerlar: Shoxrux Gadoyev, Vitaliy Denisov, Sanjar Tursunov, Otabek Shukurov, Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov.
Ektor Kuper tomonidan chaqiriladigan yana 2 futbolchining nomini aniqlash imkoni bo‘lmadi. Bu borada O‘FA yaqin vaqtlarda rasmiy xabar bilan chiqishi kutilmoqda.
Manba: uff.uz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi