15:38 / 31.08.2018
3 780

Modrich juda katta farq bilan Ronaldu va Messini ortda qoldirdi

Modrich juda katta farq bilan Ronaldu va Messini ortda qoldirdi
“Real” klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich UYEFA tomonidan oʻtgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va Ronalduning bu boradagi 2 yillik ustunligiga barham berdi.

“Real” bilan qatorasiga uch marta Chempionlar Ligasida zafar quchgan Modrich soʻrovnomada 313 ball toʻpladi. 32 yoshli xorvatiyalik eng yaqin taʼqibchisi Krishtianu Ronalduni 90 ball ortda qoldirdi. Qayd qilish joizki, “Oltin toʻp”ning amaldagi sohibi Monako shahrida oʻtkazilgan taqdirlash marosimiga kelishni oʻziga ep koʻrmagan edi.

Yetakchilar uchtaligini 134 ball toʻplagan “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh yopib berdi.

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi esa atigi 55 ball toʻplab, soʻrovnomada 5-oʻrinda qoldi.

Ovoz berish jarayonida Chempionlar Ligasi 2017/18 mavsumining guruh bosqichida ishtirok etgan 32ta klubning bosh murabbiyi, shuningdek UYEFA aʼzosi boʻlgan mamlakatlardan 55 nafar jurnalist ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Modrich juda katta farq bilan Ronaldu va Messini ortda qoldirdi