
Osiyo oʻyinlarida boks boʻyicha final bahslari davom etmoqda.
Turnirda -60 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Shunqor Abdurasulov finalda moʻgʻulistonlik Sendbaatar Yerdenebat qarshi jang qildi.
Oʻzbekistonlik bokschi bu jangda hakamlar qaroriga koʻra 2:3 (28:28!, 27:29, 29:27, 28:28!, 29:27) hisobida yutqazdi va kumush medal bilan kifoyalanadigan boʻldi.
Bu kumush medal Oʻzbekiston boks jamoasining ikkinchi, umumiy jamoaning 23-kumush medali boʻldi.
Hozircha boks musobaqasida oʻzbekistonliklar 3 ta oltin va 2 ta kumush medalga sazovor boʻlib turishibdi.
Oldinda yana 2 nafar oʻzbekistonlik bokschi ringga chiqadi:
-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozogʻiston)
-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozogʻiston) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar