
2019 yili Oʻzbekiston tarixida ilk marta koʻpkari boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Bu haqda Qirgʻiziston koʻpkari federatsiyasi prezidenti Jirgalbek Samatov maʼlumot bergan.
Maʼlum qilinishicha, 8 sentyabr kuni Issiqkoʻlda Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston koʻpkari federatsiyasi vakillari bilan shu masalada muzokaralar oʻtkazilgan.
“Hozircha jahon chempionati qachon va Oʻzbekistonning aynan qaysi hududida oʻtkazilishi aniq emas, ammo qaror qabul qilib boʻlingan. Turnir toyqozon qoidalari boʻyicha oʻtkaziladi”, deya qayd etgan Samatov.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston koʻpkari jamoasi Qirgʻizistonning Choʻlpon-Ota shahrida oʻtkazilgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida ishtirok etdi va Boshqirdiston, Fransiya va Qozogʻiston termalarini magʻlubiyatga uchratib, finalga chiqdi. Ammo finalda mezbon Qirgʻiziston jamoasiga magʻlub boʻlindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar