14:55 / 11.09.2018
5 334

Sardor Rashidov Ektor Kuper haqida qanday fikrda?

Sardor Rashidov Ektor Kuper haqida qanday fikrda?
Milliy terma jamoamiz ayni paytda Ektor Kuper boshchiligida qizgʻin ish jarayonida desak adashmaymiz. Suriyaga qarshi bellashuvda yigitlarimizning hatti-harakatlari yomon koʻrinmadi. Masalan, Sardor Rashidovning shu kuni koʻrsatgan oʻyini koʻpchilikka manzur boʻldi. Bungacha terma jamoadagi oʻyinlari orqali tanqidlarga uchragan iqtidorli futbolchi endilikda Kuper boshchiligida oʻzining yangi qirralarini ochadiganga oʻxshayapti. Biz Suriyaga qarshi uchrashuvdan keyin Rashidov bilan suhbatda boʻldik.

Iqtidorli futbolchi suhbat davomida argentinalik mutaxassis haqida ham oʻz fikrini bildirib oʻtdi.

- Milliy terma jamoamiz Ektor Kuper bosh murabbiyligi ostidagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi. Mazkur bellashuv sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Suriyaga qarshi oson oʻyin boʻlgani yoʻq. Oʻylaymanki, yangi murabbiy boshchiligidagi birinchi oʻyinimizni yaxshi oʻtkazdik. Lekin hozircha Kuperning taktikalariga hamma 100 foiz moslashib keta olmadi. Ammo keyingi uchrashuvlarda biz uning uslublarini yanada yaxshiroq tushuna boshlaymiz va oʻyindan-oʻyinga kuchayib boramiz. Ishonamanki, vaqt oʻtgani sari terma jamoamizning oʻyinini shakllantirib boramiz. Buning ustiga Suriyaga qarshi Ektor Kuper yaxshi taktikani qoʻlladi va maydonda uni bajarishga harakat qildik. Nasib qilsa, Eronga qarshi uchrashuvda ham yaxshi oʻyin koʻrsatib muxlislarimizni xursand qilamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Rashidov Ektor Kuper haqida qanday fikrda?