10:53 / 30.09.2018
4 584

Bahodir Jalolov ikkinchi raqibini ham nokautga uchratdi (video)

Bahodir Jalolov ikkinchi raqibini ham nokautga uchratdi (video)
Jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan oʻzbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 29 sentyabr (Toshkent vaqti bilan 30 sentyabr) kuni AQSHda oʻtkazdi.

Jang arafasida uning raqibi oʻzgardi. Bahodir Jalolov avval maʼlum qilinganidek amerikalik Tomas Hovkinsga qarshi emas, meksikalik Eduardo Vitelaga qarshi ringga koʻtarildi.

Jalolov jangning birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va professional ringdagi ikkinchi jangida ikkinchi gʻalabasini nishonladi: VIDЕO

Maʼlumot uchun, Bahodir Jalolov may oyida professional ringdagi debyutini nishonlagan va oʻshanda Ugo Truilioni nokaut evaziga magʻlub etgandi. U iyul oyida amerikalik Kurts Hid bilan jang qilishga kelishgandi, ammo bu jang keyinroq bekor qilindi.

Eduardo Vitela professional boksda bungacha 5ta jang oʻtkazgan, 3ta gʻalaba (2tasi nokaut) va 2ta magʻlubiyat (2tasi ham nokaut) qayd etgandi. Uning statistikasida endi 3 magʻlubiyat mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov ikkinchi raqibini ham nokautga uchratdi (video)