
O‘zbekiston - Livan (0:0) uchrashuvidan so‘ng livanliklar ustozi Miodrag Radulovich championat.asia saytiga qisqa intervyu berdi.
"Ajoyib o‘yin bo‘ldi. Bugun o‘rtoqlik emas, balki saralash bahsiga o‘xshash edi. Juda ko‘p vaziyatlar, juda ko‘p kurashlar, raqib darvozabonining seyvlari. Natija o‘yinga mos bo‘ldi, faqatgina gol yetishmadi.
O‘zbekiston hurmatga loyiq jamoa. Ektor Kuper taktik jihatdan kuchli murabbiy. Jamoa tarkibida yosh futbolchilar ko‘p. Kozak, Krimets, Sidiqov kabi futbolchilarni ajoyib kelajak kutmoqda. Anzur Ismoilov himoya yetakchisi. Bugungi o‘yinda Ismoilov jiddiy jarohat olmadi deb umid qilaman. Osiyo Kubogida O‘zbekistonga omad tilayman.
O‘zbekiston terma jamoasiga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytaman. Ushbu yurtdagi barcha do‘stlarimga salom yo‘llayman.
Bugun bir qator yangi futbolchilarni maydonga tushirdik. Shu bois natija biz uchun qoniqarli. O‘zbekiston bungacha Qatar va KXDRni mag‘lub etganini bilaman. Bu juda yaxshi natija", - deydi Radulovich. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar