
Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Xitoy milliy terma jamoasini boshqarishi mumkin. La Cuatra nashrining xabar berishicha, Xitoy futbol federatsiyasi mutaxassis bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Kelishuvga ko‘ra, argentinalik murabbiy yiliga 15 million yevro maosh olishi ta’kidlanmoqda.
Sampaoli ushbu lavozimda Marchello Lippining o‘rnini egallaydi. Italiyalik mutaxassis bundan oldin yanvar oyida ketishini e’lon qilgan edi.
Argentina termasi JCh-2018 da guruh bosqichidan o‘tib Fransiyaga 1/8 finalda mag‘lub bo‘ldi. Shundan keyin Xorxe bo‘shatib yuborilgan va ishsiz qolmoqda.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar