
Chempionlar Ligasi nimchorakfinal bosqichining qur’asi 17 dekabr kuni, Shveysariyaning Non shahrida o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda UYeFA sayti.
Jamoalar ikkita savatchaga ajratiladi. Birinchi savatga guruh g‘oliblari - «Bavariya», «Barselona», «Borussiya» (Dortmund), «Manchester Siti», «Portu», «Pari Sen-Jermen», «Real» va «Yuventus» joylashtiriladi.
Ikkinchi savatga guruhda ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar - «Atletiko», «Ayaks», «Liverpul», «Lion», «Manchester Yunayted», «Roma», «Tottenhem» va «Shalke-04» joylashtiriladi.
Muhim jihati: bitta mamlakat vakillari va bitta guruhdan joy olgan jamoalar 1/8 finalda bir-biriga duch kelmaydi.
Chempionlar Ligasi finali 2019 yil 1 iyun kuni Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar