Kanadalik bokschi Adonis Stivenson ukrainalik bokschi Aleksandr Gvozdikka qarshi jangda olingan jarohatlar sababli koma holatiga kiritilgandan keyin ilk bor ko‘zini ochdi.
Ma’lum qilinishicha, bu Stivenson yaxshilanayotganining birinchi yaqqol alomati bo‘ldi. U ko‘zini ochganida yonida rafiqasi bo‘lgan.
Bokschi 1 dekabrda Gvozdikka qarshi kechgan jangda og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilib, 6 dekabrda operatsiya qilingan. Gvozdik Stivensonni 11-raundda nokautga uchratgach, kanadalik miyaga qon quyilishi gumoni bilan shifoxonaga olib ketilgandi.
WBC yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni, 41 yoshli Stivenson uchun Gvozdikdan olingan mag‘lubiyat faoliyatidagi ikkinchisi bo‘ldi. Kanadalik bokschining hisobida, shuningdek, 29 ta g‘alaba va bitta durang natija bor. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin