
Britaniya nashrlari "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbaning bosh murabbiy Joze Mourino iste’foga chiqqach qanday holatga tushganini aniqlashdi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli fransiyalik futbolchi portugaliyalik mutaxassisning ishdan ketganidan mamnun ekanligini yashirmagan. U buni iste’fodan so‘ng o‘tkazilgan tonggi mashg‘ulotlar paytida barchaga sezdirib qo‘ygan.
“Mourino meni ahmoq qilishga va muxlislarni menga qarshi qilib qo‘yishiga ishongan edi, ammo u buni uddalay olmadi”, - degan fransiyalik futbolchi mashg‘ulotlar davomida.
Ammo, vaqtinchalik bosh murabbiy Maykl Karrik bu so‘zlardan so‘ng unga ogohlantirish bergan.
Eslatib o‘tamiz, Pogba Mourino bilan kelisholmay qolgach, so‘nggi uchrashuvlarni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazadigan bo‘lib qolgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar