Londondagi super to‘qnashuv Uaytning nokauti bilan yakunlandi (foto)

Londondagi super to‘qnashuv Uaytning nokauti bilan yakunlandi (foto)
22 dan 23 dekabrga o‘tar kechasi Londondagi “O2Arena” arenasida professional boks kechasi tashkil qilindi. Kechaning asosiy to‘qnashuvida og‘ir vaznli bokschilar o‘zaro kuch sinashdi. Super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Derek Chisora WBC Silver kamari sohibi Dillian Uayt bilan kuch sinashdi.

Jang 11-raundda Uaytning raqibini nokautga uchratgunga qadar davom etdi. Bu g‘alaba bilan britaniyalik bokschi WBC kumush kamari va WBO xalqaro chempionligi kamarini himoya qildi. Endi u ushbu vaznda Entoni Joshua egalik qilayotgan WBO, IBF va WBA da’vogarlar qatoriga ko‘shildi.
Londondagi super to‘qnashuv Uaytning nokauti bilan yakunlandi (foto)
Eslatib o‘tamiz, Derik va Dillian uchun bu to‘qnashuv o‘zaro ikkinchi jang hisoblanadi. 2016 yilida Uayt ochkolar bo‘yicha raqibidan ustun kelgan.
Londondagi super to‘qnashuv Uaytning nokauti bilan yakunlandi (foto)
Dillian Uayt bundan oldingi jangida Jozef Parkerni mag‘lub qilgan bo‘lsa, Chisora jahon chempionligiga sobiq da’vogar Karlos Takamni nokautga uchratgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar