O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi joriy yilning 16 dekabr kuni Toshkentda yig‘inga kirishgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Murabbiylar shtabi mazkur yig‘in davomida terma jamoaga nomzod futbolchilarni yana bir bor sinovdan o‘tkazib olishdi. Futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash maqsadida, maydondagi mashg‘ulotlardan tashqari trenajer zallarida ham mashg‘ulotlar olib borildi. Kecha olimpiya terma jamoasining Toshkentdagi yig‘ini yakuniga yetdi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar departamenti direktori Sharofiddin Hojiniyozov yig‘indan keyin terma jamoa a’zolari va murabbiylar shtabi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Toshkentdagi yig‘in davomida Olimpiya terma jamoasi asosini shakllantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha murabbiylar hisoboti tinglandi hamda kelgusi rejalar haqida gaplashildi.
Jumladan, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi uchun yanvar oyida yana bir yig‘in tashkil etiladi. Mazkur yig‘in 4-25 yanvar kunlari o‘tkazilib, yig‘in davomida Olimpiya terma jamoasi futbolchilarining jismoniy holatini yaxshilash borasida ish olib boriladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi
Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda