Terma jamoamiz futbolchisi Anzur Ismoilov Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bugun qo‘llagan hujumkor taktikamiz nima bilan bog‘liq? Bu raqibga ham, o‘zimizga ham bog‘liq. Birinchi o‘yin biroz qiyinroq o‘tdi. Boisi, ikki oy davomida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmagandik. Bitta o‘yin orqali barchasi joyiga tushib ketdi, bir-birimizni yanada yaxshiroq tushuna boshladik. G‘alaba orqali o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni ko‘tarib oldik.
Bugungi o‘yinda faqat va faqat g‘alaba qozonishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygandik. Uchrashuv davomida raqib xatolaridan ham foydalana oldik va o‘z maqsadimizga erishdik.
Yirik g‘alabani kutganmidik? Asosiy maqsadimiz g‘alaba qozonish edi. Turkmaniston Yaponiyaga qarshi juda yaxshi o‘yin namoyish etgandi. Yaponiyadek jamoa darvozasiga hamma ham ikkita gol kirita olmaydi.
Yaponiya terma jamoasi bilan o‘tkaziladigan o‘yinda ham g‘alaba uchun maydonga tushamiz», – deb Ismoilovning so‘zlarini keltirib o‘tdi MOQ rasmiy sayti. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi