Avstraliya - O‘zbekiston uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Grem Arnold qatnashdi.
"Barchaga rahmat aytaman. Qiyin o‘yin bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasiga ham minnatdorchilik bildiraman. Raqib qattiq himoyalandi. Ularni himoyasini yorib o‘tish juda qiyin bo‘ldi. Lekin shogirdlarim oxirgacha harakat qilishdi va penaltilar seriyasida bo‘lsa ham g‘alaba qozondik. Chorak finalga chiqqanimizdan xursandmiz.
Bugungi bahsda bizga oxirgi pas yetishmadi. O‘z navbatida O‘zbekiston ham kuchli o‘yin namoyish etdi. Metyu Rayanga alohida rahmat. U ham o‘yin paytida, ham penaltilar seriyasida yaxshi harakat qildi. Metyu Leki chaqqon futbolchi. Jarohatidan qutulib maydonga qaytdi.
O‘zbekiston menda iliq taassurot qoldirdi. Individual kuchli futbolchilar juda ko‘p ekan. Ayniqsa himoya juda kuchli o‘ynadi. Chorak finalni ham shu shaharda o‘tkazishimiz yoqmoqda. Bu shaharga moslashib bo‘ldik. Faqat o‘yindan keyingi tiklanishni amalga oshirsak bo‘lgani. Keyingi bahsda Tom Rogich maydonga tusha olmaydi. Uning sariq kartochkalari ikkita bo‘ldi. Uning o‘rnini to‘ldiradigan futbolchi topamiz.
Ertadan boshlab raqibni o‘rganishni boshlaymiz. Katta ehtimol bilan bu BAA bo‘ladi. Osiyo Kubogida jamoam yaxshi o‘ynamoqda. Bugungi o‘yin penaltilar seriyasida ham kuchli ekanligimizni ko‘rsatdi. Biz mashg‘ulotlar vaqtida penaltilar ustida alohida ishlagandik. Darvozabonlar to‘p qaytarish, futbolchilar zarba berish ustida", - deydi Grem Arnold. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi