21:27 / 22.01.2019
3 503

Janubiy Koreya qo‘shimcha bo‘limlarda Bahraynni mag‘lubiyatga uchratdi

Janubiy Koreya qo‘shimcha bo‘limlarda Bahraynni mag‘lubiyatga uchratdi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining nimchorak finalidan o‘rin olgan Janubiy Koreya va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Uchrashuv koreyslarning ustunligida boshlandi, birinchi bo‘limda to‘p nazorati nominal mezbonlar tomonida bo‘ldi. Tanaffus arafasida Hvan Hi Chan jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim ham koreyaliklarning nazoratida boshlangandi, biroq taym o‘rtalariga kelib, bahraynliklar tashabbusni qo‘lga olishga urinishdi. Buning samarasi o‘laroq, 77-daqiqada Muhammad Al-Romayhi mmuvozanatni tikladi.

O‘yinni asosiy vaqti durang bilan yakun topgach, qo‘shimcha bo‘limlar belgilandi.
Qo‘shimcha taymlarning birinchisiga qo‘shib berilgan vaqtda o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va koreyslarga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, Janubiy Koreya chorak finalga yo‘l oldi va u yerda Qatar – Iroq uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Osiyo Kubogi-2019
1/8 final
Janubiy Koreya – Bahrayn 2:1 (1:0, 0:1, 1:0, 0:0)
Gollar:
1:0 – 43 Hvan Hi Chan, 1:1 – 77 Al-Romayhi, 2:1 – 105 Kim Jin Su.
Janubiy Koreya – Kim Shin Gyu, Kim Min Che, Xon Chhol (Kim Jin Su, 96), Li Yon, Kim Yon Gvon, Xvan In Bom (Li Shin Vu, 89), Chon U Yo, Li Chun Yon (Chu Se Chon, 68), Son Hin Min, Xvan Iy Cho, Xvan Xi Chan (Chi Don Von, 80).
Bahrayn – Shubbar (Fardan, 102), Reda, Al-Xayyam, Al-Shamsan, Said, Marun (Al-Xumaydan, 71), Rashid, Al-Safi, Ali Ma’dan (Al-Xusayni, 57), Al-Romayhi, Al-Asuad.
Ogohlantirishlar: Ali Madan (25), Reda (95).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreya qo‘shimcha bo‘limlarda Bahraynni mag‘lubiyatga uchratdi