Rossiyalik bokschi Sergey Kovalyov kolumbiyalik Eleyder Alvaresga qarshi revansh jangini o‘tkazdi va Butunjahon boks tashkiloti (WBO) versiyasi bo‘yicha kamarini (-79,38 kg vazn toifasida) qaytarib oldi.
AQShning Frisko shahrida o‘tgan jang 12 raund davom etdi va hakamlar bir ovozdan 35 yoshli Kovalyovning g‘alabasini e’lon qilishdi (116-112, 116-112, 120-108).
Shu tariqa, rossiyalik bokschi kolumbiyalik raqibidan 2018 yilning avgustidagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi.
Qayd etish kerakki, Kovalyov o‘tgan yilning 4 avgustida o‘tgan jangning 7-raundida texnik nokaut tufayli mag‘lub bo‘lgach, uning murabbiyi, o‘zbekistonlik Abror Tursunpo‘latov shogirdi professional faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida aytgandi.
Bugungi jangga qadar Alvares professional ringda yutqazmagandi (24 jang, 24 g‘alaba, shundan 12tasi nokaut bilan). Kovalyov esa professional ringdagi faoliyati davomida 37 bor jangga chiqib, 33tasida g‘alabaga erishgan (shundan 28tasida nokaut bilan). U uch marta mag‘lub bo‘lgan, yana bir jang durang natija bilan tugagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi