
Namanganning “Navbahor” klubi ham Superliganing qolgan jamoalari singari o‘z tarkibini mahoratli futbolchilar bilan boyitmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “lochinlar” rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov bilan “1+1” ko‘rinishida shartnoma imzolashgan.
Ma’lumot uchun, Solovyov professional faoliyatini Moskvaning “Dinamo” klubida boshlagan. U shuningdek “Zenit”, “Amkar”, “Laxti” va “Fakel” klublarida to‘p surgan. Bundan tashqari Rossiya yoshlar terma jamoasida ham o‘ynagan. Uning so‘nggi jamoasi “Sochi” klubi bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar