Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida elektr o‘chiriladi

Bugun poytaxtning Mirzo Ulug'bek tumanidagi ayrim hududlarda soat 16:30 ga qadar elektr energiyasi ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi. Bunga «Turg'un» yuqori kuchlanishli elektr tarmog'ida xavfsizlikni ta'minlash va yuklamani barqaror taqsimlash maqsadida olib borilayotgan kapital ta'mirlash ishlari sabab bo'lmoqda. Mazkur texnik ishlar sababli cheklovlar soat 10:00 dan 16:30 gacha «Geofizika», «Alisherobod» va «Temuriylar» mahallalarini qamrab oladi.
Bugun poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minoti soat 16:30 ga qadar vaqtincha to‘xtatiladi. Bunga «Turg‘un» yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ida olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari sabab bo‘lmoqda.
Texnik ishlar elektr tarmog‘ida xavfsizlikni ta’minlash va yuklamani barqaror taqsimlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Elektr ta’minoti soat 10:00 dan 16:30 gacha cheklanadi.
O‘chirilishlar «Geofizika», «Alisherobod» va «Temuriylar» mahallalarini qamrab oladi. Shuningdek, Jasorat, Bunyodkor, Vatan, Amir Temur va Yangihurdiyor ko‘chalaridagi ayrim iste’molchilar ham vaqtincha elektrsiz qoladi.































Izohlar 0
…