Otabek Mahkamov: “Biz yutqazdik, ammo tarix yaratdik” (video)

Otabek Mahkamov o‘zining Instagram sahifasida O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yuzasidan fikr bildirib, muxlislarni futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Videomurojaatida u O‘zbekiston terma jamoasi mag‘lubiyatga uchraganini tan olar ekan, jamoaning tarixiy yutug‘ini ham alohida ta’kidladi.
“Ha, biz Portugaliyaga yutqazdik. Lekin tarixga nazar soladigan bo‘lsak, Portugaliya 1966 yilda Jahon chempionatida ilk bor qatnashgan, biz esa 2026 yilda. Portugaliya Jahon chempionatlarida 7 marta ishtirok etgan, biz esa birinchi marta maydonga tushdik. Ularning terma jamoasi qiymati 1 milliard 100 million yevroga baholansa, bizning jamoamizning qiymati 86 million yevro atrofida. Shunday bo‘lsa-da, biz tarix yaratdik. Bu juda katta natija. Futbolchilarimizga omad. Kelasi o‘yinda ko‘rishguncha”, — dedi Mahkamov.
Uning ushbu murojaati ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Izohlarda muxlislar terma jamoa futbolchilariga minnatdorlik bildirib, ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini yozishgan.
Ko‘pchilikning fikricha, mag‘lubiyatga qaramay, O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki mamlakat futboli tarixidagi muhim voqea bo‘lib qoladi.






























Izohlar 0
…