
O‘zbekiston xokkey federatsiyasi raisi Baxtiyor Fozilov hamda rais o‘rinbosari Kirill Matveyev kecha Moskva shahrida Kontinental xokkey ligasi rahbari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda qayta tiklanayotgan xokkeyni rivojlantirish va ommalashtirish masalalarini, shuningdek yangi imkoniyatlarni muhokama qilishdi. Unda «Humo» ko‘ptarmoqli arenasi bitganidan so‘ng yurtimizning turli hududlarida ham zamonaviy muz arenalari barpo etilishi haqida ham so‘z bordi.
Bundan tashqari, KXL uchrashuvlaridan birini poytaxtimizda o‘tkazish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Tomonlar mazkur sport turini yurtimizda rivojlantirish bo‘yicha Rossiya tajribasi foyda berishiga, bu orqali O‘zbekiston nomi ham xalqaro xokkey xaritasida paydo bo‘lishiga ishonishlarini qayd etib o‘tishdi.
Manba: www.olympic.uz
O‘zbekiston Xokkey FederatsiyasiBaxtiyor FozilovKirill MatveyevMoskva ShahriKontinental Xokkey LigasiHumo ArenasiMuz ArenalariSport TuriRossiya Tajribasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar