
UFCʻning sobiq chempioni Konor Makgregor yengilmas bokschi Floyd Meyvezer bilan boʻlib oʻtgan jangi haqida oʻz fikrini bildirdi.
«8-raundda men unga yaxshigina oʻng huk zarbalarini berdim. Hujum qilish uchun ajoyib burchakni topdim. U qoʻlga tushdi. Menga eng kerak narsa esa oyoq bilan toʻgʻri ishlash, soʻngra olovdek hujum qilish edi.
Masalan, huk zarbasini berganimda biroz tezlashdim va muvozanatni yoʻqotdim. Qanday boʻlmasin, bu ajoyib boks oqshomi edi. Revansh — soʻzsiz ajoyib gʻoya», — deb yozadi Makgregor oʻzining Twitterʻdagi rasmiy sahifasida.
Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning avgust oyida Floyd Meyvezer Konor Makgregorni 10-raundda texnik nokautga uchratgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar