
Oʻzbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov rossiyalik Dmitriy Xasiyevga qarshi jangidan keyingi fikrlarini bildirib oʻtdi.
«Bu professional ringdagi toʻrtinchi jangimda toʻrtinchi gʻalaba boʻldi. Oʻtgan yilning noyabrida men ancha tajribali braziliyalik bokschini nokaut qilgandim, bugun ham menga qarshi ancha jiddiy raqib duch keldi, u oʻziga xos xarakterga ega va kuchli bokschi. Shunga qaramasdan men ringga oʻzimga yuqori ishonch bilan chiqdim va oʻz ishimni qildim. Xasiyevning himoyasi kuchli emasligini payqadim va payt topib, uning jigar qismiga kuchli zarba yoʻlladim.
Aytishni istardimki, oʻz oldimga Floyd Meyvezer va Meni Pakyao kabi jahon chempioni boʻlish maqsadini qoʻyganman», degan bokschi.
23 mart kuni Yekaterinburg shahrida tashkil qilingan boks kechasida oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazgan Elnur Abduraimov Dmitriy Xasiyevni 6 raundlik jangning 2-raundida nokautga uchratdi va muddatidan avval gʻalaba qozonib, oʻzining gʻalabali seriyasini davom ettirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar