
Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha nufuzli "Sankt-Peterburg gubernatori kubogi" xalqaro turniri nihoyasiga yetdi.

Jahonning uch qit’asida joylashgan 20 mamlakatdan tashrif buyurgan 120 nafardan ziyod charm qo‘lqop ustalari 5 kun mobaynida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.

O‘ninchi marotaba tashkil etilgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari ham ishtirok etishdi va turnir yakuniga ko‘ra uchta oltin medal qo‘lga kiritgan holda, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.

Vakillarimizdan Abdumalik Xalakov (-56 kg), Iqboljon Xoldorov (-69 kg) va Kozimbek Mardonov (-81 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi.

Qayd etish joiz, "M1 Arena"da kechgan jang kechasiga olimpiada sovrindori, profi boksda mutlaq jahon chempioni Roy Jons ham tashrif buyurdi va Iqboljon Xoldorov oltin medallarni aynan Jonsning qo‘lidan qabul qilib oldi.


Manba: Sports.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar