«Ayntraxt» hujumchisi Luka Yovich faoliyatini «Real»da davom ettiradi. Bu haqda har ikkala klub rasman ma’lum qildi.
21 yoshli serbiyalik to‘purar «qirollik klubi» bilan 2025 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzgan. Tez orada u tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Transfer shartlari ayon qilinmadi, ammo avvalroq OAVda xarid qiymati 65-70 mln yevroni tashkil etishi xabar qilingandi.
Yovich oxirgi ikki mavsumni Frankfurtda o‘tkazdi. «Ayntraxt» joriy yil aprelida uning to‘la transfer huquqini «Benfika»dan sotib olgandi.
Luka Germaniyadagi ilk mavsumida mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi, shu sabab bilan ortda qolgan mavsumda Yevropa ligasida qatnashib, yarim finalgacha yetib bordi.
2018/19 mavsumida 8-raqam egasi barcha musobaqalar doirasida 48ta o‘yin o‘tkazib, 27+7 samaradorlik ko‘rsatkichiga erishdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin