Argentina hamda Chili termalari Kopa Amerika-2019ning bronza medallari uchun bahs yakunlandi.
Uchrashuvning 12 daqiqasida argentinaliklar sardori Lionel Messining chiroyli pasidan so‘ng, Serxio Aguero hisobni ochdi. Keyin esa Paulo Dibala oradagi farqni oshirdi. O‘yinning 37 daqiqasida Lionel Messi raqib sardori Geri Medel bilan janjallashib ketdi va hakam ikkala futbolchini maydondan chetlatdi.
Ikkinchi bo‘lim boshlarida esa Arturo Vidal penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi va o‘yin ushbu natija bilan yakunlandi.
Argentina terma jamoasi o‘z tarixida beshinchi marotaba ushbu musobaqaning bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Argentina – Chili 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 12 Aguero, 2:0 – 22 Dibala, 2:1 – 59, penalti Vidal.
Argentina – Armani, Otamendi, Talyafiko, Petsselya, Foyt, Paredes, de Paul, Lo Chelso (Funes Mori, 90), Aguero (Suares, 81), Dibala (Di Mariya, 67), Messi.
Chili – Aryas, Isla, Dias, Xara (Maripan, 50), Bosejur, Vidal, Arangis (Kastilo, 83), Sanches (Fernandes, 17), Pulgar, Vargas, Medel.
Ogohlantirishlar: Bosejur (16), Vidal (26), Pulgar (45), Petsselya (57), Paredes (63), Foyt (79), Talyafiko (90).
Chetlatishlar: Medel (37), Messi (37).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi