15:23 / 28.09.2019
3 814

"Nasaf"ning 11 futbolchisi terma jamoalarga jalb etildi

"Nasaf"ning 11 futbolchisi terma jamoalarga jalb etildi
"Nasaf"ning 11 nafar futbolchisi terma jamoalarga jalb etildi. Bu haqda Sports.uz sayti xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Umar Eshmurodov, Sharof Muhitdinov va Azizjon G‘aniyev O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida ishtirok etadi. Abduvohid Ne’matov, Mashxurjon Muhammadjonov, Dilshod Saitov, Husniddin Aliqulov, Oybek Bozorov, Islom Rashidxonov, Islom Kenjaboyev, Bobir Abdixoliqovni Lyubinko Drulovich jamoasiga jalb etdi. Shuningdek, jamoa darvozabonlar murabbiyi Mixail Naumov olimpiya terma jamoasiga chaqirildi.

O‘zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Toshkentda Yaman (10 oktyabr) va safarda Singapurga (15 oktyabr) qarshi bellashadi.
Olimpiya terma jamoamiz esa yig‘in doirasida Janubiy Koreya yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf"ning 11 futbolchisi terma jamoalarga jalb etildi