
Italiya chempionati 8-turidan o‘rion olgan “Yuventus” – “Bolonya” uchrashuvi yakunlandi.
Bahsda mezbonlar uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.
Yuventus – Bolonya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 19 Ronaldu, 1:1 – 26 Larangeyra, 2:1 – 54 Pyanich.
Yuventus – Buffon, de Ligt, Aleks Sandro, Bonuchchi, Rabo (Matyuidi, 73), Kuadrado, Pyanich, Xedira (Bentankur, 62), Bernardeski, Ronaldu, Iguain (Dibala, 82).
Bolonya – Skorupski, Bani, Larangeyra, Mbaye, Kreychi, Soriano, Svanberg (Olsen, 80), Orsolini, Poli (Djemaili, 82), Sansone (Santander, 80), Palasio.
Ogohlantirishlar: Sansone (22), Rabo (29), Bentankur (70), Larangeyra (84), Bani (90).
“Yuventus” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri A seriyaning 8-turida “Bolonya” (2:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Tanaffusda yigitlarga biz hisobda oldinda borayotganligimiz uchun o‘zlarini judayam erkin his etmasliklarini aytgandim. Aks holda o‘yin oxirida qiyin vaziyatga tushib qolishimizni bilardim. Shunga qaramay o‘yinning oxirgi besh daqiqasida biz ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi, raqibga to‘pni tezda topshirib qo‘ydik. Aynan shu jihat bo‘yicha hali ko‘p ish olib borishimizga to‘g‘ri keladi.
Uch-to‘rtta qo‘pol xatolarni hisobga olmaganda, yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Bizning to‘pga egalik qilishimiz qandaydir aniq maqsadlar evaziga qurilganini futbolchilar to‘liq tushunishlari lozim”, deya Sarrining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar