
Foto: Instagram
Boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer UFC prezidenti Deyna Uayt bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi.
«Men va Deyna 2020 yilda dunyoga qoyilmaqom shouni namoyish etish uchun yana birgalikda ishlayapmiz», — deya yozadi bokschi o‘z Instagram sahifasida. Avvalroq Meyvezer 2020 yilda boksga qaytishini e’lon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Uayt va Meyvezer o‘rtasidagi ilk hamkorlik doirasida 2017 yilning avgustida Floyd UFC sobiq chempioni Konor Makgregor bilan jang qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar