
O‘zbekistonlik WBA Asia chempionlik kamari sohibi Ravshanbek Umurzoqov (10-0, 7 KO) yanvar oyida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Rossiya professional ringlarida, “Mister pechen”, “Prins” nomlari bilan mashhur Umurzoqov 2020 yilning 24 yanvar kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida yurtdoshimiz WBA Asia chempionlik kamarini venesuelalik Esneyker Korrea (13-2-1, 11KO)ga qarshi jangda himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz: Ravshanbek Umurzoqov -61,2 kg vazn toifasida 10 marotaba jang o‘tkazib barchasida g‘alaba qozongan. Ularning 7 tasida raqiblarini nokautga uchrata olgan.
Ravshanbek UmurzoqovWBA AsiaJang MuddatiYekaterinburg ShahriBoks OqshomiG‘alaba Qozongan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar