UFC ning yengil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan jang o‘tkazish taklifiga munosabat bildirdi.
"Meyvezer hisobida mag‘lubiyatsiz 50 ta g‘alabali seriya mavjud. U boksdagi eng zo‘rlaridan. U bitta jangda yutqazmagan raqib bilan jang qilishni istaydi. Xabib yaxshi variant, ammo hozir bizda Toni Fergyuson bor.
Biz bu jangni ancha oldin e’lon qilgan edik: Toni bilan hisob-kitobni yakunlaymiz, shundan keyin Lomachenko bilan olti oy ishlaymiz va keyin boks jangi bo‘ladi.
Biz o‘z shartimizni taklif qilamiz: boksda 11 raund va bir raund aralash yakkakurash turlarida, agar biz eng yaxshi bokschiga qarshi 11 raund tursak, unda nega biz bilan MMA qoidalariga binoan bitta raundga chiqmasligi kerak? Ammo hamma ishlar Tonidan keyin bo‘ladi”, - dedi Nurmagomedov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi