10:41 / 15.02.2020
3 514

Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi
Foto: Twitter
Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (5-0, 4 KO) Toshkent vaqti bilan 15 fevral tongida AQSHda navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Bektemirga professional boksdagi beshinchi jangida meksikalik 26 yoshli Oskar Kortes (27-6-0, 14 KO) raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang atigi 2 daqiqa-yu 5 soniya davom etdi. Meliqo‘ziyev tajribali raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratib, muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash o‘rinli Kortes 2 bora nokdaun holatiga tushdi va hatto u Bektemirga bitta ham zarba bera olmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi