Foto: Yandex Photos
Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin (35-2-1, 24 KO) superog‘ir vaznda WBC vaqtinchalik chempioni Dillian Uaytga (27-1, 18 KO) qarshi jang qiladi.
Mazkur to‘qnashuv 2020 yilning 2 may kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi. Bokschilar ishtirokidagi matbuot anjumani esa 4 mart sanasiga belgilangan. Bu haqda Povetkin hamkorlik qiladigan «Mir Boksa» promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning dekabrida Povetkin Maykl Hanter bilan jang qilgan va bellashuv durang bilan yakun topgandi.
Ma’lumot uchun, Povetkin havaskor boks bo‘yicha ikki karra Yevropa chempioni, shuningdek, Jahon chempionati va Olimpiada oltin medallari sohibi hisoblanadi. Professional boksda esa 35 jang o‘tkazib, ularning 24 tasini nokaut bilan yakunlagan.
WBC reytingi yetakchisi Uayt esa prof boksda 27 ta jangda qatnashgan va faoliyatidagi yagona mag‘lubiyatni Entoni Joshuadan qabul qilib olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin