20:14 / 08.03.2020
2 609

Ro‘ziqul Berdiyev: "Bu xato Muhammadjonovni yanada kuchli qiladi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Bu xato Muhammadjonovni yanada kuchli qiladi"
Supeliganing 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Andijon" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugun muxlislarimizga bayram qilib berishimiz shart edi. Lekin o‘yinni xato bilan boshladik. Shunga qaramay iroda namoyish etib g‘alabaga erishdik, yigitlarga rahmat aytaman, ular oxirigacha o‘ynab xarakter namoyish etishdi. Ko‘p hujum qildik, faqat gol urishimiz biroz cho‘zildi. Goldan keyin yigitlar erkin o‘ynashdi. Menimcha muxlislar bugun uylariga yaxshi kayfiyatda qaytishdi", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

- Bugun darvozabon xato qildi. Abduvohid Ne’matov va Umidjon Ergashevning holati qanday?
- Bu xato Muhammadjonovni yanada kuchli qiladi. Sababi u Superligada bu yildan boshlab maydonga tushmoqda. Unga ishonishda davom etamiz. Chunki xatosini tushunib yetdi va butun jamoadan uzr so‘radi. Ne’matov va Ergashevda jarohatlar bor. Menimcha Abduvohid keyingi turga tayyor bo‘ladi.

- Jamoa ketma-ket ikkinchi tur birinchi gol o‘tkazib keyin g‘alaba qozonmoqda...
- O‘ylaymanki bu jamoa xarakterini ko‘rsatib beradi. Bunday vaziyatlardan chiqib ketish qiyin, ammo bizning jamoa iroda ko‘rsatmoqda. Bundan xursandman.

- O‘tgan yilgi "Nasaf" va hozirgi "Nasaf"ni taqqoslay olasizmi?
- Jamoani ko‘plab futbolchilar tark etishdi. Har qanday jamoaga ta’sir qiladi, lekin o‘z o‘yinimizdan chekinganimiz yo‘q. Yangi futbolchilar jamoaga qo‘shilib ketishlariga biroz vaqt kerak.

- Bugun Marko Stanoyevich to‘liq o‘ynadi, biroq Dilaver Xaris zaxiradan maydonga tushmoqda.
- Xaris yaqindagina jamoaga qo‘shildi. Qishki yig‘inlarimizda ham ishtirok etmadi. Jismoniy holatini yaxshilashi kerak. Marko esa 1 oydan buyon jamoamiz safida. Bugun Stanoyevich tajribali futbolchi ekanini maydonda ko‘rsatib turdi.

- Faysal Traore nima uchun "Dinamo"ga ijaraga berildi?
- U hali yosh va katta futbolga endi kirib kelayapti. Kelajakni ko‘zlagan holda uni ijaraga berishga qaror qildik. Balki birinchi davradan keyin yana tajribali legionerlarni olib kelarmiz.

- Keyingi tur Termizda "Surxon"ga qarshi o‘tadi. Bo‘lajak raqib haqida nima deya olasiz?
- Kecha "Surxon"ning Navoiydagi o‘yinini to‘liq tomosha qildim. Jamoaga tajribali o‘yinchilar kelgan. Termizliklarning dastlabki ikki o‘yinini ko‘rib, tahlil qilamiz. "Nasaf" har qanday jamoaga qarshi o‘ynashga tayyor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Bu xato Muhammadjonovni yanada kuchli qiladi"