Foto: Instagram
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov boks bo‘yicha sobiq Jahon chempioni Floyd Meyvezerning xarakteri borasida fikr bildirdi.
«Meyvezer hayotda ijtimoiy tarmoq yoki kamera qarshisidagidek emas. Faraz qilamiz. Floydga yosh yigit yaqinlashib kelib, shunday deydi: «Seni muxlisingman, suratga tushsak bo‘ladimi?». Meyvezer muammosiz u bilan suratga tushadi.
Unga qanday erkak yaqinlashib: «Hoy, Floyd yaqinroq kel, suratga tushamiz», desa Floyd shunday javob qiladi: «Nega mendan xol ahvol so‘ramayapsan?».
U hech narsani shunchaki bajarmaydi, uning uchun hurmat juda muhim. Restoranda Meyvezer hamma bilan so‘rashib chiqadi. Ofitsiantlar bilan qo‘l berib ko‘rishadi. Ovqatlanadi, barchaga choy-chaqa beradi.
Ko‘chada gadoyni ko‘rib qolsa, unga pul beradi va «ishlaring qalay?» deb so‘raydi», — deydi Murodov.
Eslatib o‘tamiz, UFC’da harakat qilayotgan o‘zbekistonlik ilk va yagona sportchi Meyvezer promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi