
AQSHlik boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer dunyoning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish niyatida ekanligini aytdi. Qolaversa, o‘z vaqtida unga ustozlik qilgan otasi va amakisidan namuna olib, yoshlarga yordam berishini, ularni yetuk bokschi qilib tarbiyalashga harakat qilishini aytib o‘tdi.
Shuningdek, karantin unga atrofdagilarga yordam qo‘lini cho‘zish muhim ekanligini anglatganini, imkon qadar ajoyib shogirdlar tayyorlashga harakat qilishi barobarida eng zo‘r murabbiy bo‘lishga va’da berdi. Bu borada u o‘z Instagram sahifasiga yozib qoldirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar