Boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Floyd Meyvezer hozir ham professional ringda sovrinlar yutishga qodirligini ta’kidladi.
«Hozir ham ringga chiqib, sovrinlar qo‘lga kirita olishimga ishonaman. Chiroyli shoular tashkil etib berishim mumkin, biroq endi boshqa bokschilar porlaydigan vaqt keldi.
Men hali ham sportdaman. 24 yil davomida sport ichida yurdim va 20 yil chempionlikni saqlab turdim. Mening porlagan vaqtlarim bo‘ldi. Endi boshqa bokschilar o‘zining eng yaxshi jihatlarini namoyish qilishini kuzatib boraman», — deydi Meyvezer.
43 yoshli Meyvezer so‘nggi bor 2017 yilning avgustida jang o‘tkazgan. O‘shanda u ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregorni boks qoidalari bo‘yicha o‘tkazilgan jangning 10-raundida nokautga uchratgandi. Floyd professional boksda 50 jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib (27 nokaut) chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas