
Foto: Twitter
O‘zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) yarim o‘rta vazn toifasida IBF chempionlik kamari uchun jang olib boradi.
Unga rossiyalik sobiq Jahon chempioni Sergey Lipines (16-1, 12 KO) raqiblik qiladi. Bu haqda rossiyalik sportchining menejeri Aleks Vaysfeld ma’lum qilgan. Jangning qachon va qayerda o‘tkazilishi hozircha ma’lum emas.
Ayni damda ushbu vazn toifasida IBF kamariga Errol Spens (26-0, 21 KO) egalik qiladi.
Yengilmas Abduqahhorov so‘nggi jangini 2019 yilning oktabr oyida o‘tkazgan va unda amerikalik Luis Kollazoni 10-raundda taslim etgandi.
Eslatib o‘tamiz, Qudratillo Abduqahhorov IBF chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar sanaladi. U 2019 yilning 30 mart kuni Filadelfiyada o‘tkazilgan boks oqshomida yaponiyalik Keita Obarani (21-4-1, 19 KO) mag‘lub etib da’vogarlik maqomini qo‘lga kiritgandi.
O‘zbekistonlik BokschiQudratillo AbduqahhorovIBF Chempionlik KamariSergey LipinesYengilmas AbduqahhorovBoks Oqshomi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar