16:53 / 27.06.2020
2 044

Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangini o‘tkazish uchun jo‘nab ketmoqda

Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangini o‘tkazish uchun jo‘nab ketmoqda
Sports.uz sayti manbalarining xabar berishicha, Rio Olimpiadasi kumush medal sohibi, professional boksning super o‘rta vaznida (76kg) o‘z faoliyatini davom ettirayotgan bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev ( 5-0, 4KO) navbatdagi jangiga hozirlik ko‘rish maqsadida, 28 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketadi. Meliqo‘ziyev WBA Continental Americas kamari sohibi bo‘lib, WBA reytingida 14-o‘rinda bormoqda. U o‘zining oxirgi jangini 14 fevral kuni meksikalik Oskar Kortesga(27-0, 14KO) qarshi o‘tkazib, raqibini 1-raundda nokautga uchratgan edi.

Hozirda Meliqo‘ziyev Rossiyaning "Mir Boksa" hamda Amerikaning "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘z janglarini o‘tkazib kelmoqda. Uning navbatdagi jang sanasi va raqibi tez orada ma’lum bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangini o‘tkazish uchun jo‘nab ketmoqda