
Foto: «Sport Nation»
«ASA 107» (aralash jang) turnirining asosiy jangida Magomed Ismoilov texnik nokaut hisobiga Aleksandr Yemelyanenkoni mag‘lub etdi. Jang Sochida 24 iyul kuni o‘tkazildi.
Jangning uchinchi raundidayoq hakam bellashuvni to‘xtatdi. Butun jang davomida tashabbus Ismoilov tarafida bo‘ldi — Yemelyanenko unga qarshi biron chora qo‘llay olmadi. Uchinchi raundda Yemelyanenkoning ahvoli yomonlashdi — yuzida katta gematoma hosil bo‘lib, ko‘zlari qondan ochilmay qoldi. Jangni to‘xtatgan hakam Ismoilovning g‘alabasini e’lon qildi.

Foto: «Newsmma.net»
Og‘ir vazndagi ushbu jang Moskvada 3 aprelda o‘tkazilishi lozim edi, biroq koronavirus sababli qoldirilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.