Foto: Getty Images
Og‘ir vazn toifasida WBC vaqtinchalik kamari sohibi Aleksandr Povetkin Dillian Uaytga qarshi jangdagi g‘alabasidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- "Jang avvalida biroz ehtiyotkorlik qildim va buning natijasida bir nechta yoqimsiz zarba o‘tkazib yubordim. Nokdaunlarga keladigan bo‘lsak, ularni og‘ir deb atamagan bo‘lardim. Hammasini tushunib va anglab turardim. Biroq Uaytni alohida e’tirof etish kerak, uning zarbasi kuchli. Meni hisobdan chiqarib qo‘yganlar adashganini barchaga isbotladim. Bu yoqimli tuyg‘u va biz yo‘lda davom etamiz.
Dillian bilan revanshga keladigan bo‘lsak, agar promouterlar kelisha olsa, men bunga rozi bo‘laman. Uaylder — Fyuri juftligi g‘olibi bilan bo‘ladigan jangga qadar hali ancha bor. Bizning shartnomada revansh haqida band bor", - deydi Aleksandr Povetkin.
Rossiyalik bokschi 23 avgust kuni bo‘lib o‘tgan boks kechasida Uaytni 5-raundda nokautga uchratdi va WBC divizionining vaqtinchalik chempioniga aylandi. Endilikda Povetkin Tayson Fyuri egalik qiladigan WBC kamari uchun majburiy da’vogar hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi