22:33 / 12.09.2020
2 257

Ravshan Haydarov: "Yosh bolalarcha xatolar tufayli mag‘lub bo‘ldik"

Ravshan Haydarov: "Yosh bolalarcha xatolar tufayli mag‘lub bo‘ldik"
Superliganing 14-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Qiyin o‘yin o‘tkazdik. Tarkibdagi muammolar jamoamizni bugun ham ta’qib qildi. Afsuski uch futbolchimiz maydonga tusha olmadi. Shunga qaramay birinchi taymda yomon o‘ynamadik, qarshi hujumda harakat qildik. Ikkinchi bo‘lim boshida o‘z xatolarimiz tufayli ikkita tezkor gol o‘tkazib yubordik. Shundan keyingina o‘zimizga keldik va gol urib raqibga bosim uyushtirdik. Ikkinchi taymda 20-30 jamoamiz yomon o‘ynamadi. Afsuski mag‘lub bo‘ldik. Tarkibdagi jarohat olgan va kasallarni tuzatishga harakat qilamiz.

Ikkita gol o‘tkazgach yo‘qotadigan narsamiz qolmagandi, shu bois yigitlar oldinga o‘tib hujumkorlikni oshirishdi. Aksiga olib Kasyan jarohat oldi va uni almashtirishga majbur bo‘ldik.

Maydonga tushgan yoshlar yomon o‘ynashmadi, shijoatlari sezilib turibdi. Mana shu shijoat evaziga ham raqibni o‘z jarima maydoni yoniga "qamab" qo‘ydik. Himoyadagi qo‘pol xatolarni tahlil qilish kerak. Yosh bolalarcha xato qildik", - deydi Ravshan Haydarov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov: "Yosh bolalarcha xatolar tufayli mag‘lub bo‘ldik"