3 147
"Al Hilol" bosh murabbiyi Rezvan Luchesku: "Paxtakor - kuchli jamoa, lekin biz ertangi o‘yinga tayyormiz"
Ma’lumki, Osiyo chempionlar ligasining keyingi turlari markazlashgan tartibda Qatar poytaxti Dohada tashkil etiladi. "Paxtakor" ertaga 3-tur bahsini Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga qarshi o‘tkazadi. Bugun o‘yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida "Al Hilol" bosh murabbiyi Rezvan Luchesku savollarga javob qaytardi. Ruminiyalik murabbiyga jamoa darvozaboni Abdulloh Al Muayuf hamrohlik qildi.
Rezvan Luchesku: - "Osiyo chempionlar ligasi yana qaytganidan xursandmiz. Bu yerga kelishdan oldin Saudiya Proligasida bir nechta o‘yin o‘tkazib, yakunda chempionlikni qo‘lga kiritdik. Jamoada barchaning kayfiyati yuqori. Hammamiz yana bir bor OCHL g‘olibligini qo‘lga kiritish maqsadida tashrif buyurganmiz".
"OCHLda karantindan keyingi ilk uchrashuvni "Paxtakor"ga qarshi o‘tkazamiz. Pandemiya paytida har ikki jamoa oson bo‘lmagan kunlarni boshdan o‘tkazyapti deya olaman. Shunga qaramay "Paxtakor" bilan o‘yinga tayyormiz. Jamoamizda kasal futbolchilar bor, lekin ularning o‘rnini to‘ldira oladigan boshqa futbolchilarga ham to‘liq ishonaman".
Abdulloh Al Muayuf: "Jamoamiz Osiyo chempionlar ligasiga tayyor deb o‘ylayman. Alohida mashqlar o‘tkazayotganimiz yo‘q. Saudiya Arabistoni chempioni bo‘lganimiz bizga muhim o‘yinlar oldidan ishtiyoq beradi. "Paxtakor" bilan bo‘ladigan o‘yinni kuchli o‘tkazishimiz kerak. Maqsadimiz esa bitta: yana OCHLda g‘olib chiqish. Jamoada barchamiz ahil bo‘lib ishlayapmiz. Ertangi o‘yinga tayyormiz".
- Jamoaning jismoniy holati haqida nima deya olasiz?
R.Luchesku: - "Hammasi joyida. Saudiya Arabistoni chempionatidagi oxirgi turlardan keyin toliqib qoldik deb o‘ylamayman. Dohaga kelib koronavirusga qarshi test topshirdik va besh nafar futbolchimizda tahlil ijobiy natija berdi. Ammo bizda yaxshi tarkib yig‘ilgan va boshqa futbolchilar kasallanganlar o‘rnini to‘ldira oladi. Ertangi o‘yin uchun 20 nafar eng yaxshi futbolchini aniqlab olamiz. Tarkib borasida "Paxtakor"ga syurpriz tayyorlab qo‘yganmiz desam ham bo‘ladi".
- "Paxtakor" haqida fikringiz? Bu jamoa safida qaysi futbolchi sizga boshog‘riq bo‘la oladi?
R.Luchesku: - "Guruhdagi vaziyatdan kelib chiqib gapiradigan bo‘lsam, har ikki jamoa hisobida 6tadan ochko bor. Bundan ko‘rinib turibdiki, "Paxtakor" - kuchli raqib, lekin biz ham o‘yinga tayyormiz. Ertaga guruhning eng kuchli ikki jamoasi o‘zaro bahs olib boradi.
"Paxtakor" futbolchilaridan kimnidir alohida ajratib ko‘rsata olmayman. Raqib jamoa sifatida yaxshi harakatlanadi. Ularning bir nechta o‘yinlarini ko‘rdik va raqibni o‘rgandik".
"Kimnidir kamsitish niyatim yo‘q, lekin shuni aytishim mumkin, Saudiya Arabistoni chempionati O‘zbekiston Superligasiga qaraganda kuchli hisoblanadi va biz har turda kuchli raqiblar bilan o‘ynaymiz. Bir so‘z bilan aytganda bizda qiyin o‘yinlar ko‘p. "Paxtakor" esa kurashga boy o‘yinlarni nisbatan kam o‘tkazadi. Lekin bu gapim "Paxtakor"ni kuchsiz qilib ko‘rsatmaydi. Futbolda har bir raqibni hurmat qilish kerak". “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda