Rossiya kubogi 1-turidan o‘rin olgan "Rodina" - "Spartak" uchrashuvi moskvaliklarning yirik 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida "qizil-oqlar" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik. Undan ko‘p ham, kam ham emas. 5 ta gol urishga erishdik. "Rodina" yaxshi va yosh jamoa. Ular bizga yetarlicha qiyinchilik tug‘dirdi, deb o‘ylayman. Oxirgi daqiqagacha kurashdi. Yosh futbolchilarga imkon berishga harakat qildim.
Barcha gollar birdek yoqdi. Birinchi taymda bizga xotirjamlik yetishmadi. Ikkinchi bo‘limda esa, biz gollar urib olgach, ancha erkin harakat qildik.
Kubok bahslarining o‘z qonun-qoidalari bor. Rotatsiya qilishga majbur edik. 5 ta yangi futbolchini asosiy tarkibda tushirdik. Maksimenko maydonga tushishni xohladi va zaxira darvozabonimiz bilan kichik muammo bor", - dedi Tedesko. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda